Shifoxonadagi bemorlar va ularning yaqinlari savollariga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, O‘zLiDeP partiyasidan deputat A.Tadjimuratov shifoxonaning o‘zida shaxsiy qabuli o‘tkazdi.
Qabul davomida bu yerda davolanayotgan bemorlar va ularning yaqinlari tomonidan o‘zlarining muammolari, taklif va fikrlari aytib o‘tildi. Murojaatchilarning 90 foizga yaqin muammolari shu yerning o‘zida Tibbiyot birlashmasi rahbarlari bilan birgalikda yechimini topdi.