Yangiliklar

Hudud muammolari o‘rganilib, aholi fikri tinglandi

Hudud muammolari o‘rganilib, aholi fikri tinglandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Baxramova hamda tuman Kengashi raisi S. Nazarov Qaraxon mahallasi hududiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida hududdagi ichki yo‘llarning holati joyiga chiqib o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar hududdagi dolzarb masalalarni aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4