Ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha manzilli dastur
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 27-martdagi VII-16-41-8-117-K/26-sonli qarori unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llarini infratuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, Termiz tumanida ichki yo‘llarni saqlash, ta’mirlash va rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi.
Mazkur dastur hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, shuningdek, shahar va mahallalarda yo‘l holatini doimiy nazorat qilishni ta’minlashga qaratilgan.
Dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlar tuman hududlarini obod qilish va fuqarolarning turmush sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.