Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, Zulfiya mukofoti sovrindori Mohigul Tohirovani tanishtirdi hamda uning hayot yo‘li, erishgan yutuqlari va ibratli tajribasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi
Deputat o‘z nutqida bunday uchrashuvlar ayniqsa talaba-qizlar uchun muhim ekanini, ular orqali yoshlarda o‘ziga ishonch, qat’iyat va katta maqsadlar sari intilish kuchayishini ta’kidladi
Mohigul Tohirova esa o‘z muvaffaqiyat yo‘li, izlanish va mehnat, sabr va qat’iyat haqida samimiy fikrlar bildirib, yoshlarga foydali tavsiyalar berdi
Uchrashuv savol-javoblar bilan davom etib, barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va katta motivatsiya bilan qaytishdi
Bu kabi uchrashuvlar yoshlar uchun haqiqiy ilhom manbai!