Yangiliklar

Prokuror axboroti tinglandi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining 22-sessiyasida tuman prokurori M.Sapayevning tumanda jinoyatchilik ahvoli yuzasidan 2026-yil I choragi davomidagi faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi.

3 oy davomida tumanda 43 ta jinoyatlar (24) qayd etilib, shundan 5 tasi (11,6 foizi) oldi olinishi lozim bo‘lgan, 17 tasi (39,5 foizi) aniqlangan va 21 tasi (48,8 foizi) AKT yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etgan.

Qidiruvdagi 9 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv ishlari olib borilib, ikki nafari ushlangan. Shuningdek, talonchilik, nomusga tegish, o‘zgalar mulkini nobud qilish va avtotransportni olib qochish, odamlardan foydalanish uchun ularni yollash, bezorilik jinoyatlari sodir etilishining oldi olingan.

Tumandagi 18 ta mahallalarning barchasi “yashil” toifaga kiritilgan.

Slide 1 of 1