Yangiliklar

MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA IJRO NAZORATDA

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva hamda doimiy komissiya raisi Sh.Mamarizayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-316-sonli qarori ijrosi tumanda nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida:

🏫 davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati;

👶 bolalarni qamrab olish darajasi va ta’lim sifati;

🤝 xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

📊 ajratilgan mablag‘lar va yaratilgan shart-sharoitlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6