Yangiliklar

Chortoq tumanida ta’lim muassasalarini zamonaviy talablar asosida yangilash, ularning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

 Chortoq tumanida ta’lim muassasalarini zamonaviy talablar
asosida yangilash, ularning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan
ishlar izchil davom etmoqda.  

  

Xususan, tumandagi 8-maktabda energiya tejamkor
texnologiyalarni joriy etish doirasida mukammal ta’mirlash ishlari olib
borilmoqda. 

  

Tuman kengashi deputati, tuman hokimi Ilhomjon
Sattarov ushbu manzilda bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlarining holatini o‘rgandi. 

  

Mas’ullarga
ishlarni belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash,
shuningdek, energiya samaradorligini ta’minlovchi yechimlarni to‘liq joriy
etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 4