Yangiliklar

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tegishli davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar. 

Sessiya ochiq va ishchan ruhda tashkil etilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

1. Furqat tumani hududida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasidagi amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

2. Furqat tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati to‘g‘risida

3. Furqat tumanida meliorativ ob’ektlarni tizimli ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyihalarini ko’rib chiqish to‘g‘risida

4. Furqat tumanida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida

5. Furqat tumanida 2026-yilda aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida

6. Furqat tumanida jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tashabbusli byudjet bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti va 2026-yil birinchi bosqich yakunlari to‘g‘risida

7. Furqat tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hududiy sog‘liqni saqlash tizimini “Korrupsiyadan holi sohaga aylantirish” yuzasidan hisoboti to‘g‘risida

8. Furqat tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini ko’rib chiqish to‘g‘risida

Muzokaralar davomida deputatlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Har bir masala atroflicha tahlil qilinib, aholining manfaatlarini ko‘zlagan holda puxta va asosli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar tasdiqlanib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Mazkur sessiya yig‘ilishi Xalq deputatlar Furqat tumani Kengashining Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100078009640931) ijtimoiy sahifasi orqali jonli efirga uzatib borildi.

Slide 1 of 19