Yangiliklar

Xalq deputatlari tuman Kengashiga faoliyati davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarning bajarilishiga ko‘maklashilmoqda

Shu maqsadda bugun Surxondaryo viloyati huddudiy saylov komissiyasi rasi o‘rinbosari X.Samatov xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga tashrif buyurdi. Tuman Kengashi faoliyati bilan tanishdi.

Bunda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarga asosan tuman Kengashi deputatlarining faoliyati samaradorligini oshirilishi jarayonlari o‘rganilib taxlil qilindi.

Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi va doimiy komissiyalar raislari bilan ham suhbat o‘tkazildi. Kengash faoliyatiga doir Qonunlar, Oliy Majlis Senati qarorlari, Prezident farmon va qarorlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2