Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bir bo‘lgan kutubxonalar holatini o‘rganish bo‘lib, tuman Adliya bo‘limida tashkil etilgan kutubxona faoliyati 11-Pochchoyi saylov okrugidan saylangan deputat L.Behbudova tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, kitobxonlarning intellektual va madaniy ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun milliy va xorijiy kutubxona fondlaridan keng foydalanish imkonini beruvchi, zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kutubxonaga aylantirish yuzasidan deputat o‘z tavsiyalarini berdi.