Deputat Q.Safarov murojaatni joyda borib o‘rganganida tuman Adliya bo‘limi binosida 7 ta davlat korxonasi 600 kvadrat metr maydonida faoliyat ko‘rsatayotganligi, qariyb 500 dan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatayotganligi aniqlandi.
Deputat Q.Safarov tomonidan fuqarolar murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqib, amaliy yordam berilishi bildirildi. Qisqa muddatlarda Nogironlar jamiyati hamda tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi, O‘zbekiston XDP Jondor tumani Kengashi bilan hamkorlikda ushbu masala hal qilinib, nogironlik aravachasi tuman Adliya bo‘limiga taqdim etildi.