Ayni daqiqalarda Margʻilon shahar Kengashi kotibiyatida viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyati mudirlari hamda bosh mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tmoqda.
🔹 Seminar doirasida birinchi masala sifatida Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari faoliyatini yanada takomillashtirish muhokama qilinmoqda.
💬 Unda axborotlarni tezkor va ishonchli yetkazish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, raqamli platformalarda faollikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📌 Seminar davom etmoqda. Batafsil ma’lumotlar berib boriladi.