Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, “Latifsobungar” MFY “mahalla yettiligi” hamda korxona va tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda fuqarolar tomonidan hududdagi ichki koʻchalarni asfaltlashtirish, tomorqalarni sugʻorish uchun suv bilan taʼminlash, ichki koʻchalarda tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan 5 ta murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʻyicha deputat tegishli tashkilotlar bilan ishlashi, huquqiy tushuncha beradigan fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi.