📌 Quvasoy shahar mahalliy budjeti mablag‘lari taqsimoti
2026-yil 24-fevral kuni qabul qilingan qarorga muvofiq, 2026-yil boshiga shakllangan mahalliy budjetning erkin qoldiq mablag‘lari taqsimlandi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga asosan qabul qilinib, unga ko‘ra:
🔹 Mahalliy budjetlarni boshqarishda Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari kengaytirilgan
🔹 Soliq va yig‘imlar stavkalarini belgilash huquqi berilgan
🔹 Mahalliy budjet xarajatlarini hududiy mablag‘ taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash tartibi mustahkamlangan
🔹 Mablag‘ taqsimlovchilarning Kengash oldidagi hisobdorligi belgilangan
🏙 Shuningdek, shahar obodonlashtirish ishlari uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi deputatlar tomonidan nazoratga olindi.