Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar ovozi eshitildi: Yangisorda ochiq muloqot

 Yangisor mahallasida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot bo`lib o`tdi. Unda “Andijon suv ta`minoti” AJ Jalaquduq tuman filiali rahbari Q.Turg`unov hamda “Yoshlar aslahat guruhi” a`zosi X. Latipov ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning bandligi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlikka qadam qo`yishi va o`z imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Eng muhimi — yoshlar o`z fikrini ochiq bildirdi, muammolarini aytdi va takliflarini ilgari surdi. “Yoshlar bilan muloqot — kelajakka qo`yilgan investisiya”. Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo`llab-quvvatlash va ular bilan manzilli ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 6