O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni " Yoshlar kuni" deb belgilangani yutrimizda o`sib kelayotgan yosh avlodga alohida eʼtibor ko`rsatilayotgani nishonasidir. Jalaquduq
tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo`limi boshlig`i A.Kimsanboyev hamda Hamza MFY yoshlar yetakchisi, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashidagi "Yoshlar maslahat guruhi" a`zosi Uraimova Irodaxonlar hamkorlikda MFY hududidagi ishsiz yoshlar bilan uchrashib, yoshlarni qiziqishi va qobilyatlaridan kelib chiqib tumanda faoliyat ko`rsatayotgan korxona va tashkilotlardagi bo`sh ish o`rinlariga taklif etdilar. Hududdagi yoshlar
va ularning ota onalari bilan ochiq muloqotlar, suhbatlar o`tkazildi. Yoshlarni sohaga doir muammolari hal etilib, ularning kelajak rejalari bo`yicha takliflari tinglandi.