Yangiliklar

Mahallada hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Mahallada hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

🤩O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

🤩Mazkur qaror asosida “mahalla yettiligi” tarkibiga kiruvchi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori hamda ijtimoiy xodim tomonidan belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda samarali bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🗣Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati M.Djuraqulova tumandagi “Rabotak” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan suhbat olib bordi.

🗣Suhbat davomida hududda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishda “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3