YOSHLARNING MUAMMOLARI HAL QILINDI.
Xabaringiz bor, mamlakatimiz Prezidentining yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida haftaning payshanba kuni Yoshlar kuni sifatida o‘tkazilishi belgilandi.
Shu asosda bugun Qiziltepa tumani hokimi Bekzod Bobomurodov va tuman IIB boshlig‘i Nodir Ashurov ishtirokida O‘zbekiston mahallasida joylashgan 5-ayrim fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflari mavjud maktabda 150 dan ortiq yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashining 16-G'oridevon saylov okrugidan saylangan deputat I.Xojayev tomonidan bir nafar yoshga avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan kalitlar jamlanmasi olib berildi.
Mazkur amaliy yordam yoshning kasb o‘rganishi va kelgusida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishida muhim ahamiyat kasb etadi.