Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI – DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘zi saylangan okrugdagi
“Bo‘ston” OSHPda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan ambulatoriya xizmatlari, yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda sanitariya holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati va mavjud muammolar yuzasidan fikrlari tinglandi.
Uchrashuv davomida aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, dori vositalaridan oqilona va samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi hamda tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 4