Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada

 Deputat nazorati: Ijtimoiy himoya manzilli bo‘lishi shart! 

19-Mustaqillik saylov okrugi deputati Z.Ibroximova tomonidan
"Mustaqillik" MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish
jarayoni va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
 

Hududda ijtimoiy ehtiyojmand toifalarni qo‘llab-quvvatlash borasida
quyidagi ishlar amalga oshirildi:
 

29 nafar kam ta’minlangan fuqaroga- 500 ming so‘mdan; 

3 nafar fuqaroga -1 million so‘mdan moddiy
yordam pullari tayinlanib, to‘lab berildi.
 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga
muhtoj oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.
 

 Bugungi kunda mahalla hududida 63
nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud. O‘rganish davomida ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
sifatiga alohida urg‘u berildi.
 

"Maqsadimiz-ijtimoiy yordamning
haqqoniyligini ta’minlash va har bir muhtoj insonga davlatimiz g‘amxo‘rligini
yetkazishdir",-ta’kidladi deputat
Z.Ibroximova.