Yangiliklar

O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati Sh.Nazorova tomonidan “Altintau” OFYda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan ovulda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4