Yangiliklar

Muhim deputatlik so‘rovlari yo‘llandi

 Muhim deputatlik so‘rovlari yo‘llandi 

  

🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashi deputatlari — Feruza Omonova va Qaxramon
Makarov tomonidan bir qator deputatlik so‘rovlari yo‘llandi.
 

🔷 So‘rovlarda asosan maktab va mahalla
infratuzilmasiga oid dolzarb masalalar yoritildi:
 

· 54-maktab o‘quvchisi X.M.ning sog‘ligi bilan bog‘liq jiddiy
muammolar (nafas olish qiyinlashuvi, bosh og‘rig‘i va holsizlik) bo‘yicha tibbiy
ko‘rik va davolash choralari ko‘rish talab qilindi.
 

· Qo‘rg‘ontepa mahallasidagi transformator punktdan maktabga
keladigan elektr ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlar va fazalarning nomuvofiqligi
ortidan maktab uskunalariga salbiy ta’sir ko‘rsatish holatlari ko‘rib chiqildi.
 

· Ulug‘bek MFY hududida ko‘chalarni shag‘allashtirish va
ta’mirlash hamda Qorasuv ko‘chasini Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq ta’mirlash
ishlarini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish so‘raldi.
 

🔷 Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga
olingan va ularning ijrosi belgilangan tartibda ta’minlanadi.
 

  

Telegram | Facebook | YouTube 

   

Slide 1 of 3