🇺🇿 “G‘ambur” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan “G‘ambur” mahallasida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
🏗 O‘rganish jarayonida hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ijtimoiy obyektlardagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
📝 Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.
✅ Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.