Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔘Ish bilan taʼminlash – eng muhim vazifa!

🔹Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambagʻallikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Risqulova tomonidan oʻrganildi.

🔹Oʻrganish jarayonida ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ularni ish bilan taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda manzilli yordam koʻrsatish ishlari tahlil qilindi. Shuningdek, ajratilgan imtiyozli kreditlar samaradorligiga alohida eʼtibor qaratildi.

🔹Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi hamda kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.

Slide 1 of 3