Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, bandlik, ta’lim va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputatlar har bir murojaatni tinglab, tegishli masalalar yuzasidan izoh va tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning ijobiy yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 7