Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari tumam Kengashi deputati O.Allaberdiyev tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati, amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va kasb-hunarga yo‘naltirish tadbirlari, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ularning muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada ishsiz yoshlar soni, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda subsidiya va imtiyozli kreditlar asosida o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, yoshlar bilan individual ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Masala deputat nazoratiga olindi.

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3