Ramazonda mehr va muruvvat
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda kotibiyat mudiri O‘.Rajabovlar tomonidan "Guliston" mahallasida muborak Ramazon oyi munosabati bilan mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Mazkur xayriya aksiyasi Ramazon oyining insonparvarlik, saxovat va mehr-oqibat kabi ezgu qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibor va yordam uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.