Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat_sorawı
янв.21
Deputat, máhálle baslıqları menen ushırasıwı.
янв.21
JÁMIYETSHILIK QADAǴALAW
янв.21
Deputat Máhállede.
янв.21
Saylawshılar menen ushırasıw
янв.21
Jergilikli Keńeslerdiń wákillikleri jáne de keńeyip, juwapkershiligi arttırılmaqta.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi XDP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen jaslar menen ushirasıwı
янв.21
2026-jıl 11-fevral kúni Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń turaqlı komissiyasınıń májilisi bolıp ótti.
Deputatlar tomonidan “Istara” mahallasida chorvachilik loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi

Deputatlar tomonidan “Istara” mahallasida chorvachilik loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarorini ta’minlash maqsadidagi Qiziriq tumani “Istara” mahallasida chorvachilikni tashkil etish loyihasi nazorati uchun biriktirilgan Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputati J.Donayevlar loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida qurilish-montaj ishlari, zarur kommunikatsiyalar bilan ta’minlash holatlari ko‘zdan kechirildi. Loyihaning hududiy mas’uli bo‘lgan JAHON XITOY INVEST MChJ vakili bilan suhbat o‘tkazilib, loyiha bosqichlari, amalga oshirish muddati, yaratiladigan ish o‘rinlari hamda tuman aholisini bandlik bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, loyiha doirasida infratuzilmani jadallashtirish, moliyalashtirishning maqsadli va samarali yo‘naltirilishini ta’minlash, ishlar sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha Qiziriq tumanida chorvachilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalla aholisi daromadlarini oshirishga xizmat qilishida muhim o'rin tutishi qayd etilib, loyihaning bajarilishi doimiy ravishda deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4