Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Máhállede.
янв.21
Saylawshılar menen ushırasıw
янв.21
Jergilikli Keńeslerdiń wákillikleri jáne de keńeyip, juwapkershiligi arttırılmaqta.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi XDP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen jaslar menen ushirasıwı
янв.21
2026-jıl 11-fevral kúni Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń turaqlı komissiyasınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
"Quwanısh hám mehir úleseyik" akciyası ótkerildi.
янв.21
DEPUTAT HÁMME WAQIT XALIQ PENEN BIRGE.
янв.21
"Jergilikli Keńeslerge jańadan berilgen wákillikler" - aymaqlıq rawajlanıwda jańa basqısh.
Deputatlik intizomi va faoliyati masalalari muhokama qilindi

Bugungi sessiyada Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Doimiy komissiya raisi Z.Abdurazzqova tomonidan taqdim etilgan hisobotda komissiya faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari hamda Kengash reglamenti asosida olib borilgani ta’kidlandi.

📊 Hisobot davrida:

2 marotaba yig‘ilish o‘tkazilib, 3 ta muhim masala muhokama qilindi;

Deputatlik faoliyatini tartibga solish va intizomni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi;

Deputatlarning saylovchilar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari yuzasidan deputatlarning majburiyatlari eslatib o‘tildi. Hisobotda ayrim deputatlar tomonidan mazkur talablar to‘liq bajarilmayotgani qayd etildi.

Jumladan, 18-Chimqurg‘on saylov okrugi deputati Umarov Javlon Nafasboyevich tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilmagani, murojaatlar tizimli o‘rganilmagani hamda doimiy komissiya va sessiya yig‘ilishlarida sababsiz ishtirok etmagan holatlar kuzatilgani tanqidiy qayd etildi.

⚖️ Sessiya davomida barcha deputatlar zimmasidagi mas’uliyat yana bir bor eslatildi. Har bir deputat:

har oy saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazishi;

murojaat va takliflarni o‘rganib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborishi;

qarorlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishi;

sessiya va komissiya yig‘ilishlarida shaxsan ishtirok etishi shart ekani ta’kidlandi.

Faol ishlayotgan deputatlar faoliyati e’tirof etilgan bo‘lsa-da, orqada qolayotgan deputatlarga o‘z faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, saylovchilar bilan ishlashni kuchaytirish hamda deputatlik mas’uliyatini chuqur his etgan holda ishlash zarurligi yuzasidan qat’iy ogohlantirish berildi.

Deputatlik – bu nafaqat vakolat, balki yuksak mas’uliyat ekanligi alohida ta’kidlandi.

Sessiya yakunida deputatlik intizomini mustahkamlash, har oy yakuni bo‘yicha hisobot eshituvlarini joriy etish hamda faoliyati sust deputatlar ishini tanqidiy muhokama qilib borish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 1