Taraqqiyot va Hurriyat mahallalari IIB profilaktika xodimlari hamda mahalla raislari bilan hamkorlikda mahalla xavfsizligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda hududiy deputatlar A. Tursunboyev, K. Umarboyev va N. Niyozov ishtirok etib, jamoat tartibini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar va hamkorlik mexanizmlari kelishib olindi.
Ushbu kelishuvlar mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratildi.