Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
JÁMIYETSHILIK QADAǴALAW
янв.21
Deputat Máhállede.
янв.21
Saylawshılar menen ushırasıw
янв.21
Jergilikli Keńeslerdiń wákillikleri jáne de keńeyip, juwapkershiligi arttırılmaqta.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi XDP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen jaslar menen ushirasıwı
янв.21
2026-jıl 11-fevral kúni Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń turaqlı komissiyasınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
"Quwanısh hám mehir úleseyik" akciyası ótkerildi.
янв.21
DEPUTAT HÁMME WAQIT XALIQ PENEN BIRGE.
Tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi kotibiyati mudiri – tuman Kengashiga 12-Obodon saylov okrugidan saylangan deputat Sherboyev Dilmurod Norboyevich o‘zi saylangan “Nurli hayot” MFY hududida joylashgan 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 53-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, muassasalarda tarbiyalanuvchilar hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

1. O‘rganish davomida 3-DMTTda bolalar uchun mashg‘ulot xonasi va yotoqxonalarning holati, oshxonaning tozalik holati va kunlik taomnomalarning yuritilishiga e’tibor qaratildi. Muassasasining quvvati 140 o‘rinli bo‘lib, hozirda 180 nafar tarbiyalanuvchi mavjud. 40 nafar tarbiyachi, psixolog, uslubchi, tibbiyot xodimi ta’lim-tarbiya berib kelishmoqda. Muassasada ingliz tili fan to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Deputat tomonidan ta’lim tashkiloti mutasaddilariga tarbiyalanuvchining tashkilotda bo‘lish jarayonida maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablarining to‘laqonli bajarilishini ta’minlash, Maktabgacha ta’lim vazirligi tarafidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta’limiga sifatli tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, 3-DMTTda hozirgi qish mavsumida binoni isitish ishlari bilan tanishildi. Qish davrida qozonxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida tashkilotl tomonidan zarur suyuq va qattiq yoqilg‘i zaxirasi yaratilishiga e’tibor qilindi.

O‘rganish jarayonida deputatga ushbu DMTT rahbari va xodimlari tomonidan tashkilot hudududidan ko‘cha qismidagi joyi qor- yomg‘irli nam havodan keyin ko‘lmak xolga kelib qolganligi bu esa har kuni ertalab farzandlarini tashkilotga olib kelayotgan ota-onalarganoqulayliklar keltirayotganligi sababli, shag‘al-tosh to‘kib tekislanishida yordam berish bo‘yicha murojaat qilishdilar. Bu murojaatni deputat bee’tibor qoldirmadi. Tashabbus ko‘rsatilib, murojaatda ko‘rsatilgan masala imkon qadar xal etildi. Shu kunning o‘zida 3-DMTTning hududidagi ta’mirtalab ko‘cha yoniga asfalt aralashmali tosh olib kelib to‘kildi.

2. 53-maktab ma’muriyati bilan ta’limdagi o‘zgarishlar, yangi dars o‘tish metodlari, darsliklar va boshqa masalalar yuzasidan suhbatlashdi. 53-maktabning umumiy quvvati 140 o‘rinli bo‘lib, amalda 226 nafar o‘quvchi yoshlar taxsil olishmoqda.
Maktabda 26 nafar pedagok yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Darsdan tashqari vaqtda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 8 ta fan to‘garagi, 3 ta sport to‘garagi hamda 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan to‘garaklarga maktab o‘quvchilari jalb qilingan.O‘quvchilarni o‘zlari qiziqqan kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida “Mohir qo‘llar” to‘garagi ham faoliyat yuritmoqda. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘quvchilar to‘liq kutubxonaga a’zo qilingan. Kutubxona fondida 3353 ta darslik hamda 650 ta badiiy kitoblar mavjud. O‘rganishlar davomida tuman deputati maktab kutubxonasi uchun she’riy va nasriy, jahon adabiyoti durdonalari, ijodiy-ilmiy asarlardan iborat kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.

O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini, maktablardagi sinf xonalarining holati, isitish tizimi hamda o‘quv jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Deputat aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ma’sullarga o‘zining ko‘rsatma va takliflarini berdi.

Slide 1 of 12