Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat_sorawı
янв.21
Deputat, máhálle baslıqları menen ushırasıwı.
янв.21
JÁMIYETSHILIK QADAǴALAW
янв.21
Deputat Máhállede.
янв.21
Saylawshılar menen ushırasıw
янв.21
Jergilikli Keńeslerdiń wákillikleri jáne de keńeyip, juwapkershiligi arttırılmaqta.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi XDP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen jaslar menen ushirasıwı
янв.21
2026-jıl 11-fevral kúni Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń turaqlı komissiyasınıń májilisi bolıp ótti.
Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.

19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tashabbusi va deputatlik nazorati doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Islom Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha asosida hududda yangi suv quvurlari o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur loyiha aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, eskirgan kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda suv ta’minotidagi uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, okrug hududida piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy piyodalar yo‘lagi qurish ishlari ham rejalashtirilgan. Ushbu loyiha aholi, ayniqsa, yoshlar va nuroniylarning harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratadi. Deputat tomonidan olib borilayotgan nazorat ishlari loyiha ijrosining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu kabi tashabbuslar hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1