Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi XDP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen jaslar menen ushirasıwı
янв.21
2026-jıl 11-fevral kúni Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń turaqlı komissiyasınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
"Quwanısh hám mehir úleseyik" akciyası ótkerildi.
янв.21
DEPUTAT HÁMME WAQIT XALIQ PENEN BIRGE.
янв.21
“Deputat máhállede”
янв.21
Deputat Máhállede.
янв.21
"Bir máhálle - Bir baslama" joybarı sheńberinde.
янв.21
Deputatlar dógerek sáwbeti
🚨Samarqand shahrida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalasi sessiyada muhokama qilindi.

🚨Samarqand shahrida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalasi sessiyada muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida shahar prokurori B.Normatovning kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Sessiya davomida 2025 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklar ochiq muhokama etildi.

📌 Ta’kidlanganidek, shaharda:

900 dan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatildi,

“Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “xavfsiz yo‘lak”lar tashkil etildi,

kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi,

ijtimoiy profilaktika ro‘yxatidagi fuqarolar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, ayrim mahallalarda profilaktika tadbirlarining sust tashkil etilgani, tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” ijrosi to‘liq ta’minlanmagani ham qayd etildi.

📝 Sessiya yakunida quyidagi muhim qarorlar qabul qilindi:

Kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda manzilli nazorat tadbirlarini kuchaytirish;

“Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish va ularning shaxsiy mas’uliyatini belgilash;

Tasdiqlangan “Yo‘l xaritalari” ijrosini har oy yakunida tanqidiy tahlil qilib borish;

Profilaktika subyektlarini rag‘batlantirish hamda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish;

Videokuzatuv tizimlarini to‘liq integratsiya qilish va texnik infratuzilmani mustahkamlash.

Sessiyada asosiy e’tibor jinoyatni sodir etilgandan keyin fosh etish emas, balki uning sabablari va omillarini bartaraf etish orqali barvaqt oldini olishga qaratilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

🔎 Xulosa qilib aytganda, Samarqand shahrida xavfsiz muhitni ta’minlash masalasi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, qabul qilingan qarorlar ijrosi orqali mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsad qilingan.