Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi – bolalar salomatligini tiklashda muhim qadam
Mamlakatimizda onalik va bolalikni asrash, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shu ezgu ishlar doirasida Qibray tumanida joylashgan Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Markazning tantanali ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Basitxanova, Qibray tumani hokimi, viloyat va tuman Kengashi deputatlari, tuman mutasaddilari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Markaz faoliyati bolalar o‘rtasida nogironlikni kamaytirish, ularning hayot sifati va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.