Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jergilikli Keńeslerdiń wákillikleri jáne de keńeyip, juwapkershiligi arttırılmaqta.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi XDP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen jaslar menen ushirasıwı
янв.21
2026-jıl 11-fevral kúni Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń turaqlı komissiyasınıń májilisi bolıp ótti.
янв.21
"Quwanısh hám mehir úleseyik" akciyası ótkerildi.
янв.21
DEPUTAT HÁMME WAQIT XALIQ PENEN BIRGE.
янв.21
"Jergilikli Keńeslerge jańadan berilgen wákillikler" - aymaqlıq rawajlanıwda jańa basqısh.
янв.21
“Deputat máhállede”
янв.21
Deputat Máhállede.
2025-YIL DAVOMIDA SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATGAN DEPUTATLAR E'TIROF ETILDI

2025-YIL DAVOMIDA SAMARALI FAOLIYAT KO‘RSATGAN DEPUTATLAR E'TIROF ETILDI


Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputatlari 2025-yil davomida Kengash sessiyalaridagi faol ishtirok, axoli masalalarni hal etish, domiy komissiyalar yig‘ilishdlarida o‘zlarining takliflari bilan faol bo‘lish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud uammolarni tizimli hal etish borasida faol ish olib bordi.
2025-yil davomida deputatlar sayyor qabullar va joylardagi o‘rganishlar natijasida tumanda jami 372 ta muammo aniqlandi. Ushbu muammolar 10 ta soha va tashkilotlar kesimida taqsimlanib, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 23-avgustdagi qarori bilan ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
O‘tgan davr mobaynida mahalliy byudjet mablag‘lari, davlat dasturlari, deputatlarning tashabbuslari hamda aholi faolligi natijasida 190 ta muammo (51,3 foiz) ijobiy hal etildi.
2025-yilda deputatlar tomonidan:
• 153 marotaba joylarda uchrashuvlar o‘tkazildi;
• Yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan 24 ta murojaatning 16 tasi ijobiy hal etildi;

• Jami 81 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olindi.
Kengash va deputatlar faoliyati 147 marotaba ommaviy axborot vositalarida yoritildi.
Joriy yilning birinchi sessiyasida o‘tgan 2025 yil davomida deputatlik faoliyatining barcha jabxalarida faol bo‘lgan, jamoatchilikning e’tiborini qozongan shu bilan birgalikda davlat va jamiyat manfaatlarni ximoya qilish borasida ko‘plab deputatlar jonbozlik ko‘rsatishdi. Belgilangan tartiblarga amal qilib 3 nafar deputatimiz Duvlanov Sharofiddin Shonazarovich, Go‘bayeva Umida Usmonqulovna va Choriyeva Gavxar Saydullayevnalar xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi raisning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Deputatlarni rag‘batlantirishni domiy davom ettirib 2026-yil yakuniga qadar deputatlik faoliyatidagi yutuqlari uchun yana ham ko‘proq deputatlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari ko‘rib boriladi.


Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3