Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish — jamiyat barqarorligi garovi

Kattaqо‘rg‘on tumanida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, sohalarda shaffoflikni ta’minlash va xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda. 

Joriy yilning 18-noyabr kuni tumandagi 2-son politexnikumida ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tadbiri bо‘lib о‘tdi. 

Tadbirda Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bо‘yicha doimiy komissiyasi raisi Djurayev Rо‘zimurod Bozorovich ishtirok etdi va ma’ruza qildi. 

📋 Tadbir kun tartibidagi asosiy masalalar: 

· Huquqiy profilaktika: Ta’lim tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlari; 

· Manfaatlar tо‘qnashuvi: Ish jarayonida manfaatlar tо‘qnashuviga yо‘l qо‘ymaslik va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish; 

· Javobgarlik muqarrarligi: Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan qonuniy jazo choralari va ularning salbiy oqibatlari. 

"Ta’lim muassasasi — bu kelajak avlod kamol topadigan maskan. Shu bois, bu yerda faoliyat yuritayotgan har bir xodim halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilishi, korrupsiyaning har qanday kо‘rinishiga nisbatan murosasiz bо‘lishi shart," — deya ta’kidladi R. Djurayev. 

Ochiq muloqot davomida soha xodimlari о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va sohada korrupsiyani oldini olish bо‘yicha takliflarini bildirdilar. Tadbir yakunida xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha tegishli tavsiya va yо‘riqnomalar berildi.