Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar dógerek sáwbeti
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi on segizinshi sanlı sessiyası bolıp ótti.
янв.21
Deputat kóshe biyleri menen ushırasıwı.
янв.21
Bozataw rayonı ÓzLiDep deputatlıq toparı hám sport mektebi menen birgelikte shólkemlestirilgen Badminton sport túri
янв.21
Deputatlar ushırasıwı
янв.21
Deputatlar ushırasıwı:
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Ushırasıw dawam etpekte
янв.21
Múnásibet
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, tuman hokimi B.Tashpulatov, tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Zarbdor tumani bo‘limi boshlig‘i T.Qodirov, tuman prokurori R.Masharipov hamda tuman IIB boshlig‘i E.Axmedov tomonidan Zarbdor tumani Oqbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ijtimoiy soha obyektlari, xususan 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida isitish tizimlarining sozligi, bino-inshootlarning texnik holati, energiya resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
O‘rganish yakunida mas’ul tashkilotlar rahbarlariga mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ta’lim muassasasi hamda mahalla hududida aholiga qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 3