Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi XDP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Deputat ózine biriktirilgen jaslar menen ushirasıwı
янв.21
"Quwanısh hám mehir úleseyik" akciyası ótkerildi.
янв.21
DEPUTAT HÁMME WAQIT XALIQ PENEN BIRGE.
янв.21
“Deputat máhállede”
янв.21
Deputat Máhállede.
янв.21
"Bir máhálle - Bir baslama" joybarı sheńberinde.
янв.21
Deputatlar dógerek sáwbeti
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi on segizinshi sanlı sessiyası bolıp ótti.
Toyloq tumanida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17 -yanvar kuni Toyloq tumanidagi 2-son texnikumida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida “Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

 ✔️Mazkur tadbirda Toyloq tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova hamda partiya tuman Kengashi apparati rahbari Zoyirjon Ziyodullayev ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tib, unda yoshlarni qiziqtirgan masalalar, islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning hayotimizdagi ahamiyati to‘g‘risida fikrlar yuritildi. 

 

 ✔️Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi atroflicha tushuntirildi. Xususan, 2025-yil yakunlari bo‘yicha erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan tub islohotlar sarhisobi, shuningdek, 2026-yilda oldimizda turgan dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar haqida yoshlarga keng ma’lumot berildi. 

 

 ✔️Tadbir davomida partiyaning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi mazmun-mohiyati ham tushuntirildi. Ushbu loyiha orqali yoshlar orasida kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni kasbga yo‘naltirish, liderlik fazilatlarini rivojlantirish, siyosiy ta’lim berish va amaliy tajriba orttirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi. 

 

 ✔️Uchrashuvda tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova texnikumda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar, kasb- hunarga yo‘naltirish bo‘yicha mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. 

 

 ✔️Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni mamlakat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

✔️Tadbir yakunida texnikum rahbariyatiga O‘ZLIDEP ning targ‘ibot sovg‘alari topshirildi.

Slide 1 of 6