Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar dógerek sáwbeti
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi on segizinshi sanlı sessiyası bolıp ótti.
янв.21
Deputat kóshe biyleri menen ushırasıwı.
янв.21
Bozataw rayonı ÓzLiDep deputatlıq toparı hám sport mektebi menen birgelikte shólkemlestirilgen Badminton sport túri
янв.21
Deputatlar ushırasıwı
янв.21
Deputatlar ushırasıwı:
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Ushırasıw dawam etpekte
янв.21
Múnásibet
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
Deputat hududidagi maktablar isitish tizimlarini o‘rgandi va ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

 Deputat hududidagi maktablar isitish tizimlarini o‘rgandi va ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi 

 

 ✅Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Mo'tabar Yo‘ldosheva o‘z Toyloq tumanidagi 24–25-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, kuz-qish mavsumida ta’lim muassasalaridagi isitish tizimining holati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalarining issiqlik ta’minoti hamda o‘quvchilar uchun qulay muhit masalalariga alohida etibor qaratdi. 

 

✅Shuningdek, mazkur maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ular ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, shuningdek jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi. 

 

 ✅Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan ota-onalarga farzand tarbiyasidagi mas’uliyat, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, yoshlar orasida salbiy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha qator muhim tavsiyalar berildi. 

 

 ✅Uchrashuv ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, ota-ona, maktab va jamoatchilik hamkorligini yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Bunday ma’rifiy va profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. 

 

 ⚡️

 @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 8