Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar dógerek sáwbeti
янв.21
Bozataw rayonı hákimliginiń májilisler zalında Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesiniń gezektegi on segizinshi sanlı sessiyası bolıp ótti.
янв.21
Deputat kóshe biyleri menen ushırasıwı.
янв.21
Bozataw rayonı ÓzLiDep deputatlıq toparı hám sport mektebi menen birgelikte shólkemlestirilgen Badminton sport túri
янв.21
Deputatlar ushırasıwı
янв.21
Deputatlar ushırasıwı:
янв.21
Xalıq deputatları Bozataw rayonlıq Keńesindegi ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń náwbettegi esabat tıńlaw májilisi bolıp ótti.
янв.21
Ushırasıw dawam etpekte
янв.21
Múnásibet
янв.21
PREZIDENT MÚRÁJATNAMASÍ – NÁTIYJELI REFORMALAR HÁM ALDAǴÍ REJELER
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Termiz tuman kengashi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan Termiz tuman kengashi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–98-son Farmoni ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Farmonda belgilangan ustuvor vazifalarni mahalliy kengash deputatlari faoliyatiga to‘liq tatbiq etish, aholiga xizmat ko‘rsatishda yangicha yondashuv va ochiqlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda “Deputatning odob-axloq qoidalari” bo‘yicha tushuntirishlar berilib, deputatlar o‘z vakolatlarini bajarishda halollik, mas’uliyat, xolislik, saylovchi manfaatiga sodiqlik hamda odob-axloq standartlariga rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida deputatlarning amaldagi faoliyatida erishilgan yutuqlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ochiq muloqot shaklida davra suhbati tashkil etildi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar samaradorligi, murojaatlar ijrosi, tashabbuskorlik darajasi, hududlardagi ijtimoiy muammolarga munosabat kabi jihadlarda amalga oshirilgan ijobiy ishlar qayd etildi.

Shu bilan birga, ayrim deputatlar faoliyatida uchrayotgan kechikishlar, murojaatlar ijrosini to‘liq ta’minlamaslik, axborot berishdagi sustkashlik kabi kamchiliklar ham ochiq muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.

Slide 1 of 5