Yangiliklar

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining navbatdagi o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiyada jami o‘n ikkita masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bahrom Maxmatrayemov kirish so‘zi bilan ochdi va uni boshqarib bordi. Unda hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi farovonligini oshirish, mahalliy budjet ijrosi, infratuzilma masalalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, va boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan muhim qarorlar muhokama qilindi.

Sessiyada deputatlar, tuman hokim o‘rinbosarlari, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi. Har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ijrosi yuzasidan mas’ullar belgilandi.

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 16