Yangiliklar

#JARAYON

Xalq deputatlari Konimex tuman Kegashi raisi - tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev "Boymurod" OFY dagi oilaviy poliklinikada bo‘lib, tibbiyot sohasidagi "Dolzarb 90 kunlik" choralar va aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida oilaviy shifokorlik punktidagi xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va sanitariya talablariga rioya qilish borasidagi holatlarning yaxshilash, tibbiyot sohasini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarni yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan yordamning sifatini oshirish uchun muassasada mavjud muammolarni hal etish, bino atroflarida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4