Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashiga 19-Zomin saylov okrugidan saylangan deputat A.Muxammadiyev hamda 20-Bo'ston saylov okrugidan saylangan deputat A.Egamberdiyevlar tumanning "Navro'z" mahallasidagi 2-sonli MTM hamda tuman Barkamol avlod maktablarining rekonstruksiya qilish jarayonlarini o'rgandi.
Respublika budjetidan "Navruz" mahallasidagi 2-sonli MTMning kapital remonti uchun 2025-yilda 6486,0 mln soʻm pul mablagʻi ajratilgan bo'lib, hozirgi kunda qurilish ishlari boshlangan va 35 foiz qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan. Quruvchilar tomonidan joriy yilning dekabr oyigacha qurilish ishlari yakunlanishi haqida ma'lum qilindi.
"Navruz" mahallasidagi Barmakol avlod maktabida rekonsturuksiya ishlari amalga oshirilmoqda hozirgi kunda 45 foiz rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilgan. Quruvchilar tomonidan yil yakunigacha qurilish ishlari yakunlanishi haqida ma'lum qilindi.