Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Xolmatova, Yoshlar ishlari agentligi Buloqboshi tuman bo‘limi
boshlig‘i P.Adxamov, tuman hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Xolmatovalar birgalikda Buloqboshi tumani Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsad vavazifalari, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, norma ijodkorligi jarayonida, xususan, yoshlar masalalariga doir qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda faol ishtirok etish, yoshlarga doir masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish, bu borada
tuman Kengashi deputatlariga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi.