Deputat H.Nigmatov o‘z saylovchilari oldida axborot berdi.
16-Moybuloq saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati Nigmatov Husniddin Rashidovich Qoqsoy va Moybuloq mahallalari fuqarolar bilan Moybuloq mahallasida navbatdagi uchrashuvinioʻtkazdi.
Uchrashuvda Qoqsoy va Moybuloq mahallalari yettiligi, mahalla oqsoqollari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etishdi. Deputat oʻtgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari, saylovoldi dasturida belgilangan masalalar boʻyicha erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Qilingan murojaatlarining aksariyati amaliy ko‘rsatmalar asosida joyida hal etildi. Shu bilan birga, muayyan vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda o‘rganilishi belgilandi.
16-Moybuloq saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati H.Nigmatov