Yangiliklar

Deputat K.Achilov o‘z saylovchilari oldida axborot berdi.

Deputat K.Achilov o‘z saylovchilari oldida axborot
berdi.

21-Suv hovuzi saylov okrugidan saylangan Xalq
deputatlari Kattaqо‘rg‘on
tuman Kengashi deputati Achilov Kamol Rashidovich Saroyqo‘rg‘on, Kumushqirg‘oq
va Nomozpolvon mahallalari fuqarolar bilan Saroyqo‘rg‘on mahallasida navbatdagi
uchrashuvini oʻtkazdi.
 

Uchrashuvda Saroyqo‘rg‘on, Kumushqirg‘oq va
Nomozpolvon mahallalari yettiligi, mahalla oqsoqollari, mahalla faollari va
yoshlar ishtirok etishdi. Deputat oʻtgan davr mobaynida amalga oshirgan
ishlari, saylovoldi dasturida belgilangan masalalar boʻyicha erishilgan
natijalar yuzasidan axborot berdi.
 

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning
murojaatlarini tingladi. Qilingan murojaatlarining aksariyati amaliy
ko‘rsatmalar asosida joyida hal etildi. Shu bilan birga, muayyan vaqt talab
qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar bilan
hamkorlikda o‘rganilishi belgilandi.
 

  

21-Suv hovuzi saylov okrugidan saylangan
Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tuman Kengashi deputati K.Achilov

Slide 1 of 4