Ishtixon tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 27-O‘rtaqishloq saylov okrugidan saylangan, Xalq deputatlari viloyat Kengashining deputati E.Ulug‘murodov 2025-yilning 1-choragi davomida o‘zining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi.
✅ Ta’kidlanganidek, deputat nomiga 2025-yilning 1-choragi davomida 10 dan ziyod turli sohalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan, ularning aksariyati joyida hal etilgan, ayrimlari yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijobiy hal etilgan.
🌐 Tadbirda hududdagi mahallalarning ichki ko‘chalarini shag‘allashtirish, mahallaga tarqatilayotgan gaz ballonlarni texnika xafvsizligi talablariga javob bermasligi, transformator va kadastr bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.
Bildirilgan taklif va murojaatlari yuzasidan viloyat darajasidagi tegishli idoralar mas’ullariga deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.