Hududlarda chiqindi masalasi — doimiy nazorat kuchaytirilmoqda
Aholi tomonidan hududlarda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan bildirilayotgan e’tirozlar asosida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida chiqindilarni to‘plash, ularni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya holatini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati atroflicha tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarni tashkil etish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda hududlarda sanitariya holatini yaxshilash maqsadida doimiy nazorat kuchaytirilmoqda.
❗️Kengash kotibiyati tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholi uchun qulay va toza muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.