#Haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_okrugida
#deputat_faoliyati #Yangi_Ozbekiston_qiyofasi
#nazorat_tahlil
«Mustaqillik» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Mustaqillik» mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida mahalladagi ko‘chalarning obodonlashtirish va tozalash holati, hududlarda ozodalikni ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholi xonadonlaridagi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, ularni obodonlashtirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda tomorqalar orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish davomida mahalla raisi va aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish hamda mahallani yanada obod va farovon hududga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram