Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi
янв.21
Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi
янв.21
To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi
янв.21
BOShRABOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi

#Haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_okrugida
#deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #162_ta_Qonun_ijrosi

«Mustaqillik» mahallasidagi 14-sonli MTT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Mustaqillik» mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, ovqatlanish ratsioni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish holati hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasaning guruh xonalari, oshxona va boshqa zarur xonalari holati o‘rganilib, bolalar uchun xavfsiz, qulay va sanitariya talablariga mos sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi O‘RQ-595-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur Qonun maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda maktabgacha ta’lim olishga doir davlat kafolatlarini belgilaydi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6